Ingliz tilidan CEFR C1 daraja test sinovlari formatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Ingliz tili fanidan DTM CEFR imtihoni C1 daraja test sinovlari formatiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Davlat test markazi Ilmiy-metodik kengashining 2022-yil 28-yanvarda o‘tkazilgan 1-son yig‘ilishida chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining B1B2 hamda C1 darajalari uchun ishlab chiqilgan yangi test spetsifikatsiyalari loyihasi ko‘rib chiqilib, kengash a’zolari tomonidan ma’qullandi hamda yangi test spetsifikatsiyalarini mart oyidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi belgilandi.

Shu sababli, mart oyida bo‘lib o‘tadigan C1 daraja uchun ingliz tilidan test sinovi formati o‘zgarmoqda. Unda quyidagi o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan:

  • Tinglab tushunish bo‘limi 5 qismga ajratildi. Bo‘limga muqobil javobli test topshiriqlari bilan birgalikda moslashtirishni talab qiluvchi test topshiriqlari kiritildi.
  • O‘qish bo‘limida beriladigan badiiy matnlar chiqarib tashlandi.
  • Leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limi 3 qismga ajratildi. Bo‘limga muqobil javobli test topshiriqlari bilan birgalikda moslashtirishni talab qiluvchi test topshiriqlari kiritildi.
  • Yozish bo‘limida topshiriqlar uchun belgilangan ballar nisbati o‘zgardi: 1-topshiriq uchun 10 ball, 2-topshiriq uchun 15 ball, 3-topshiriq uchun 5 ball tarzida qayta taqsimlandi.

Yangi test sinovi formati va test namunalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

Izoh: ushbu o‘zgarishlar mart oyidan boshlab o‘tkaziladigan test sinovlariga tatbiq etiladi.

Eslatma: Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting