Tavsiya etamiz
Chet tili imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi bu haqda DTM xabar bermoqda.
✅ 2023-yil 20-yanvar kuni fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 30-yanvar (to‘lovni amalga oshirish 31-yanvar) ga qadar davom etadi.
Avval xabar berganimizdek Chet tili multilevel imtihoni namunaviy testlar, yozish va gapirish qismi imtihonlari tartibi bilan tanishing.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar imtihon topshirish hududini o‘zlari tanlashlari va mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Bunda test sinovining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa yozma imtihonlardan oldin tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz Ingliz tili Multilevel test sinovi gapirish qismi imtihoni topshirish video yo’riqnomasi bilan tanishing.