Chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha yanvar oyida o‘tkazilishi belgilangan test sinovi vaqtincha qoldirilgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur test sinovi fevral oyining dastlabki o‘n kunligida o‘tkazilishi belgilandi. Bu Haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 4-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 7-8-9-fevral kunlari ijtimoiy masofa saqlagan holda o‘tkaziladi.
Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.
Tavsiya etamiz: DTM CEFR imtihoni namunaviy test topshiriqlar to’plami yuklab oling