Chet tili multilevel imtihonlari 21-22-oktabr kunlari bo’lib o’tadi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha multilevel imtihonlari oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 21-22-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 24-oktabr – 4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz: Multilevel imtihoni namunaviy testlar, Formati, baholash mezoni yangi bilib oling. 

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz  2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili multilevel imtihonlari sanalari
Прокрутить вверх