Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan DTM tomonidan test sinovlari o’tkazilib kelinmoqda.
Mundarija
Ustama belgilash test sinovlari haqida
Test quyidagi bo‘limlardan iborat:
Tinglab tushunish bo‘limi: eshitilgan audiomatnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko‘nikmalarini tekshiradi.
O‘qish bo‘limi: har xil janrlardagi autentik matnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko‘nikmalarini tekshiradi.
Leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limi: leksik va grammatik birliklarni kontekstda ‘ri qo‘llay olish ko‘nikmalarini tekshiradi.
Yozish bo‘limi: berilgan vaziyat yoki mavzu asosida yaxlit matn tuza olish ko‘nikmalarini tekshiradi.
Gapirish bo‘limi: savollarga javob bera olish, og‘zaki taqdimot qila olish, muammoga nisbatan o‘z fikrini bildirib asoslab bera olish ko‘nikmalarini tekshiradi.
Har bir bo‘limda maksimal ball 30 ballni tashkil qiladi. Jami maksimal ball: 150 ball.
Testning tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlarining har biridan kamida maksimal ballning 50% (15 ball) yig‘gan o‘qituvchilarning yozma ishi tekshiriladi. Yozish bo‘limidan kamida maksimal ballning 60% (18 ball) yig‘gan o‘qituvchilarning gapirish ko‘nikmasi tekshiriladi. Gapirish ko‘nikmasidan kamida maksimal ballning 60% (18 ball), yig‘gan o‘qituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.
Ustama haq belgilash test namunalari to’plami
Ustama belgilash shartlari
Hurmatli o‘qituvchilar, oxirgi 3-5 yilda malaka oshirish kursidan (144 soatlik) o‘tmagan bo‘lsangiz, test sinovida ishtirok etish uchun ariza to‘ldirmang. Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda ham sizning oylik maoshingizga ustama haq belgilanmaydi.
Asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur bo‘yicha malaka oshirgan va sertifikatga ega bo‘lgan hamda chet tilini bilishni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, va ushbu haqida ma’lumotnomaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama haq belgilanadi.
Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentyabrdagi qarorining “Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlari” to‘g‘risidagi 3-ilovasida qayd etilgan.
DTM umumta`lim fanlaridan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari to’plami yuklab olish
DTM CEFR imtihoni namunaviy test topshiriqlar to’plami yuklab olish
Manba: Davlat test markazi