OTM o’qishga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari

Tavsiya etamiz

6 ta oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirishda xorijiy tillar bo‘yicha chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o’tkaziladi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Samarqand davlat chet tillar instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

  • Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunisho‘qishyozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kasbiy (ijodiy) imtihon formati (barcha tillar uchun) va test namunalari (ingliz tilidan) joylashtirildi. Bularni yuklab olish uchun kerakli tilni ustiga bosing.

Ingliz tili bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihon namunasi yuklab olish

Fransuz tili bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihon namunasi yuklab olish

TEST SINOVLARI FORMATI BILAN TANISHISH UCHUN BATAFSIL.