Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari e’lon qilindi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari e’lon qilindi.

Mundarija

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari barcha hududlarda 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

✅ Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

📋 1-bosqich (yozma qismi) – tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihonlari qog‘oz shaklda;

🖥 2-bosqich – gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa Davlat test markazining maxsus dasturi orqali belgilangan joylarda elektron tarzda bo‘lib o‘tadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomani yuklab olish tartibi

👨🏻‍💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Saytga o’tish uchun 👉 my.dtm.uz saytga kirib Ruxsatnoma so’zini bosib yuklab oling.

📌 Abituriyentlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Ushbu sahifadan imtihon o‘tkaziladigan joylarni bilish mumkin: https://telegra.ph/Chet-tili-07-18.

Avval xabar qilganimizdek chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi video qo’llanma bilan tanishing.

1 izoh

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting