2022/2023 o‘quv yili boshlab oltita OTMda chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘ladi.
Mundarija
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon tartibi
Hukumatning tegishli qaroriga (№34, 19.01.2022 y.) ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan OTMlarga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.
Ushbu yangi tartib qoida quyidagi OTMlarga taalluqli:
1️⃣ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
2️⃣ Samarqand davlat chet tillar instituti;
3️⃣ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
4️⃣ Toshkent davlat pedagogika universiteti
5️⃣ Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
6️⃣ Nukus davlat pedagogika instituti.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon yo’riqnomasi
OTM Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari yuklab oling.