Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 29-30-mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 5-8-aprel  kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari kerak bo’ladi.

Xabar berganimizdek CEFR Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlariga o’zgartirishlar kiritildi bilib oling.

Tavsiya etamiz  Test natijalari yuzasidan apellatsiya berish Qachon boshlanadi?
Прокрутить вверх