Chet tillar o‘qituvchilari diqqatiga! Ustama uchun qabul boshlandi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

2021-yil 1-noyabrdan chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatdan o’tish tartibi:

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va joriy yilning 30-noyabr kuniga qadar davom etadi.

Mazkur xizmat my.dtm.uz saytining “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limida joylashgan.

Test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, pushtu va hindiy tillari bo‘yicha tashkil etiladi va dekabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va belgilangan talablarni bajargan o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga 15 yoki 30 % miqdorida ustama belgilanadi.

Xabar berganimizdek DTM CEFR Imtihoni noyabr va dekabr oylari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting