Dars ishlanma (konspekt) yozish tartibi

Tavsiya etamiz

1 soatlik dars ishlanmasi yozishning asosiy talablari va tartibi.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari asosida dars ishlanmasi(konspekt)ni shakllantirish
TARTIBI
Sana,sinf (paralel sinflar uchun bitta mavzu bo`yicha alohida-alohida dars ishlanmasi(konspekt)ni yozish shart emas ,bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. Bunda 6-a, b, v, g – sinflar deb ko’rsatiladi)
Fan nomi:_____________________________________________________________
Darsining mavzusi:(takvim–mavzu reja asosida)
Dars maqsadi (darsga qo’yilgan maqsad 4-5 daqiqa davomida belgilangan fandan o’quvchilarda mavzudan kelib chiqqan holda fanga oid va tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim):

  1. Ta’limiy maqsad:______________________________________________________
  2. (mavzudan kelib chiqqan holda fanga oid kompetensiyalar elementlari yoziladi)
  3. Tarbiyaviy maqsad:_________________________________________________
  4. (mavzudan kelib chiqqan holda fanga oid kompetensiyalar elementlari yoziladi)
  5. Rivojlantiruvchi maqsad:
  6. (mavzudan kelib chiqqan holda fanga oid kompetensiyalar elementlari yoziladi)

Dars turi:______________________________________________________________
Dars turi quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • yangi tushuncha bilimlarni shakllantiruvchi, yangi mavzu o’tish darsi);
  • o’quvchining bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantiruvchi (mustahkamlovchi dars):
  • umumlashtiruvchi (bo’lim va bob yakuni bo’yicha o’tiladigan dars);
  • o’quvchilar egallagan ko’nikma va malakalarini tehlil, nazorat qiluvchi darslar (oraliq va joriy nazoratlar darsi)).

Darsda qo’llaniladigan metodlar:

(darsda qo’llanadigan metodlar o’quvchilarda fanga oid va tayanch kompetensiyalar elementlarini shakllantirish hamda yuqorida tanlangan dars turiga mos keladigan metodlar tavsiya etiladi).
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
(texnik vositalar, slaydlar, ko’rgazmali va didaktik materiallar).
Tashkiliy qism:_________________________________________________________
O’tilgan mavzuni takrorlash(mustahkamlash): ____________________________
Yangi mavzuni tushuntirish:_______________________________________________
Yangi mavzuni mustahkamlash:_____________________________________________
O’quvchilarni baholash:___________________________________________________
Uyga vazifa berish: ______________________________________________________
Dars ishlanmasi(konspekt) qo’lyozma shaklida yoki kompyuterda ham yozilishi mumkin.Dars ishlanmasini kompyuterda yozishning eng muhim yagona sharti o’qituvchining o’zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim.
1 soatlik dars ishlanma konspekt yozishning qisqacha asosiy talabi shulardan iborat. Ushbu bo’limda o’zingiz uchun kerakli bo’lgan turli fanlardan namunaviy yillik konspektlar ham topishingiz mumkin.Sizni yana ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin.

Manba: Baxtiyor.uz