Tavsiya etamiz
Ushbu sahifada Doʼstlik va dushmanlik haqida maqollar keltirilgan.
Аblah doʼst dushmandan yomon,
Ne hiyla bilsa, ishlatar oson.
Аjal olib kelsa yov,
Oʼldir, berma hech ayov.
Аybsiz doʼst izlagan doʼstsiz qolar.
Аrpa-bugʼdoy bir kuningga yaraydi,
Sodiq doʼsting oʼlguningcha yaraydi.
Аsh dushman doʼst boʼlmas,
Qaynab qoni qoʼshilmas.
Аsli dushman el boʼlmas,
Etakni kessang, yeng boʼlmas.
Аsh dushman yon bermas,
Yon qoziqdan son bermas.
Аsh qora oqarmas.
Аqh koʼpni dov olmas,
Doʼsti koʼpni yov olmas.
Bahq suvsiz yashamas,
Inson — doʼstsiz.
Bilagi alp birni yiqar,
Doʼsti koʼp — mingni.
Bir koʼrgan — tanish,
Ikki koʼrgan — bilish.
Bostirmadan ayvon yaxshi,
Yomon doʼstdan hayvon yaxshi.
Burgut kuchi — oyogʼida,
Odamniki — doʼstlikda.
Boʼrining bolasini boʼrkingda boqsang ham,
El boʼlmas.
Boʼrining topgani boʼriga.
Vafoli doʼst yoʼlga solar,
Igʼvogar doʼst paydan olar.
Gadoning dushmani — gado,
Shohning dushmani — shoh.
Galga solgan doʼst emas.
Ginah doʼst — adovatli dushman.
Davlating — doʼsting.
Daraxt — ildizi bilan,
Odam — doʼstlari bilan.
Daraxtni tomiri saqlar,
Odamni — doʼsti.
Duch kelsa, dushman yer.
Dushman bitsa ham, dushmanlik bitmas.
Dushman baʼzan kuldirar,
Oʼngʼay topsa, oʼldirar.
Dushman doʼst orasidan chiqar.
Dushman nima demas,
Tushga nima kirmas.
Dushman oshingni yer,
Soʼngra boshingni yer.
Dushman siringni oʼgʼirlar,
Doʼst xatongni toʼgʼrilar.
Dushman tegi — poy,
Doʼst toji — sir.
Dushman terisidan doʼsting uchun poʼstin bich.
Dushman uyida yashagandan
Doʼst uyida oʼlgan yaxshi.
Dushman chaqirsa borma,
Doʼst chaqirsa qolma.
Dushman — shod, doʼst — poymol.
Dushman eshigini qoqqandan koʼra,
Doʼst uyini qoqlagan yaxshi.
Dushman oʼlar, doʼst qolar,
Oʼsma ketar, qosh qolar.
Dushman oʼldirib oftobga tashlar,
Doʼst oʼldirib — soyaga.
Dushman qoʼydi loy tuzoq,
Ilinsang, boʼlding choʼloq.
Dushmanga joningni bersang ham,
Siringni berma.
Dushmanga choh qaziguncha,
Doʼstingga uy solib ber.
Dushmanga oʼt ber,
Doʼstingga — sut.
Dushjmanimning doʼsti — mening dushmanim,
Dushmanimning dushmani — mening doʼstim.
Dushmaningdan qoʼrqma, munofiqdan qoʼrq.
Dushmaningni dushman tanir.
Dushmaningni paxta bilan boʼgʼizla.
Dushmaningni qargʼama, doʼstingga tegar.
Dushmaningning oʼlimini tilaguncha,
Joningning sogʼligini tila.
Dushmanni bos,
Ziyon bersa, os.
Dushmanning donidan,
Doʼstning somoni yaxshi.
Dushmanning sovgʼasidan qoʼrq.
Dushmanning suyganidan,
Doʼstning urgani yaxshi.
Dushmanning tashida boʼlguncha, ichida boʼl.
Dushmanning oʼzi qildek,
Kuchi fildek.
Doʼst achitib gapirar,
Dushman — kulib.
Doʼst bilan sirdosh boʼl,
Ishiga doim qoʼldosh boʼl.
Doʼst boshga boqar,
Dushman — oyoqqa.
Doʼst boʼlsang, doʼstingning aybini tuzat.
Doʼst gilaga chopar,
Dushman — hiylaga.
Doʼst doʼstga boqar,
Suv soyga oqar.
Doʼst doʼstga — qalqon.
Doʼst doʼstni kulfatda sinar.
Doʼst doʼstlikda toblanar,
Bilim — tortishuvda.
Doʼst — doʼstning oynasi.
Doʼst ziyonkor boʼlmas,
Ziyonkor doʼst boʼlmas.
Doʼst yigʼlatar, dushman kuldirar.
Doʼst kengashda bilinar,
Semiz — toboqda.
Doʼst kuydirib aytar,
Dushman — suydirib.
Doʼst kuyunar,
Dushman suyunar.
Doʼst ming boʼlsa ham — oz,
Dushman bir boʼlsa ham — koʼp.
Doʼst oldingda gapirar,
Dushman — orqangdan.
Doʼst — oltining,
Dushman — qotiling.
Doʼst otgan tosh bosh yormas.
Doʼst otini minib yur, manzilingga yetasan.
Doʼst — oshkor, dushman — yashirin.
Doʼst ogʼir kunda bilinar.
Doʼst sirini dushmandan pinhon tut.
Doʼst suyganning tusiga boqma.
Doʼst soʼzini tashlama,
Tashlab boshing qashlama.
Doʼst uzoqda boʼlsa ham, koʼngli yaqin.
Doʼst — egiz,
Dushman — sakkiz.
Doʼst yuzidan bilinar,
Dushman — izidan.
Doʼst yuzingga boqar,
Dushman — izingga.
Doʼst hisobi — dilda.
Doʼstga aytdim soʼzimni,
Dushman bildi sirimni.
Doʼstga dushman boʼlish oson,
Dushmanga doʼst boʼlish qiyin.
Doʼstga yolgʼon, dushmanga chin gapirma.
Doʼstga lola boʼl,
Yovga jala boʼl.
Doʼstga xiyonat qilma,
Dushmanga — shafqat.
Doʼstda dushmanning qulogʼi bor.
Doʼsti koʼp bilan siylash,
Doʼsti oz bilan sirlash.
Doʼsti nodondan dushmani dono yaxshi.
Doʼsting — boyliging.
Doʼsting boʼlsa, bogʼing chamandir,
Doʼsting boʼlmagani — feʼling yomondir.
Doʼsting kelsa, dolonda kut,
Dushman kelsa — ayvonda.
Doʼsting uchun zahar yut.
Doʼstingga otilgan kesakning changi
Sening koʼzingga tushar.
Doʼstingga rost gapir,
Dushmaningga — maqtanib.
Doʼstingning oshini qasdingdan ich.
Doʼstlarimdan oʼzing saqla,
Dushmanlarimni oʼzim bilaman.
Doʼstlik — barcha boylikdan afzal.
Doʼstlik oltinga sotilmas,
Mehmon — pulga.
Doʼstni ogʼritsang, dushman shod boʼlar.
Doʼstning koʼngli qolguncha,
Dushmanning boʼyni uzilsin.
Doʼstning soʼzi singandan,
Shaytonning boʼyni sinsin.
Doʼstsiz boshim — tuzsiz oshim.
Er talashganni yer yutar.
Yovlashmoq — oson, yarashmoq — qiyin.
Yomon doʼst — koʼlanka.
Yomon doʼst — qora bulut soyasi.
Yomon doʼstdan qirda yotgan tosh yaxshi.
Yot — yeb toʼyguncha, doʼst — oʼla-oʼlguncha.
Yot oshingga qaraydi,
Doʼst — boshingga.
Jon ogʼritgan doʼst boʼlmas.
Jonga kuygan jonday doʼst,
Jonga kuymas qanday doʼst.
Ikki haramza doʼst boʼlmas.
Ish bilganni oqil deydilar,
Doʼstlikni uzganni qotil deydilar.
Ishkambadan goʼsht boʼlmas,
Dushman aslo doʼst boʼlmas.
Kezangan yovdan qaytmas.
Kiyimning yangisi — yaxshi,
Doʼstning — eskisi.
Ming yovdan bir dushman yomon.
Ming soʼming boʼlguncha, bitta doʼsting boʼlsin.
Mushukning qasdi sichqonda,
Elning qasdi — dushmanda.
Nojinsning sirli mehmonxonasidan,
Doʼstingning somonxonasi yaxshi.
Nomardni jang sinaydi,
Doʼstni — muhtojlik.
Odam ichini bilish qiyin,
Doʼst ustidan kulish qiyin.
Oz qaygʼuni osh bosar,
Koʼp qaygʼuni doʼst bosar.
Olisdagi dushmandan, angnib yurgan doʼst yomon.
Olov kuydirar tushgan yerini,
Dushman kuydirar tutgan yerini.
Onangni otangga yomonlama,
Doʼstingni — dushmanga.
Orqangdagi dushman — oldingdagi doʼst.
Otasi boshqa ot bermas.
Otasi yov ot bermas.
Piyon ulfat — ziyon ulfat.
Pul orttirma, doʼst orttir.
Rabot solma, doʼst orttir.
Sinalgan yov urushga yaxshi.
Sinalmagan yov yomon,
Elanmagan dov yomon.
Suv toʼxtar, dushman toʼxtamas.
Tikan zahri uchida,
Dushman zahri ichida.
Tirik boʼlsak — bir yerda,
Oʼlik boʼlsak — bir goʼrda.
Tomchi sel boʼlmas,
Dushman el boʼlmas.
Tor yer doʼstlar bilan maydon boʼlur,
Keng yer dushman bilan — zindon.
Xalq doʼstligi — yurt boyligi.
Chin doʼst boringni oshirar,
Yoʼgʼingni yashirar.
Chin doʼst tugʼishganing bilan teng.
Chin doʼst yuz xizmatchidan yaxshi.
Choyning soʼngini doʼstingga ber.
El omonlik tilar,
Yov — yomonlik.
Eldoshingning oti oʼzguncha,
Qurdoshingning iti oʼzsin.
Eski paxta boʼz boʼlmas,
Аsli dushman doʼst boʼlmas.
Eshak eti goʼsht boʼlmas,
Savdogar hech doʼst boʼlmas.
Yuguruk itni tulki suymas,
Yuguruk tulkini — it.
Yuz soʼm puling boʼlguncha,
Yuzta doʼsting boʼlsin.
Yulgʼunning oʼti boʼlmas,
Savdogarning — doʼsti.
Yangining nodonligi bor,
Eskining — qadrdonligi.
Yaxshi doʼst yuz qarindoshdan yaxshi.
Yaxshi doʼsting kuldirar,
Yomon doʼsting kuydirar.
Yaxshi koʼrgan doʼstingga
Yaxshi koʼrgan molingni ber.
Yaxshi soʼzla oshnoga,
Yuz oʼgirgin roʼshnoga.
Oʼpka, yurak goʼsht emas,
Hisoblashgan doʼst emas.
Oʼrtada burun boʼlmasa,
Koʼz koʼzni oʼyar.
Oʼrtogʼing boyoʼgʼli boʼlsa,
Turishing — vayrona.
Oʼtni kovlasang, oʼchar,
Doʼstni kavlasang, kechar.
Qadim doʼstlik zanglamas.
Qaytib kelgan qiz yomon,
Qaytalab kelgan yov yomon.
Qarz bersang, doʼst koʼpayar,
Talab qilsang — dushman.
Qirda boʼri yoʼq emas,
Orada dushman yoʼq emas.
Qovunni dushmaningga kestir,
Goʼshtni — doʼstingga.
Qorin goʼsht boʼlmas,
Sipohi — doʼst.
Quyosh havoni isitar,
Doʼst — qalbni.
Gʼamingni doʼstingga aytma, kuyunadi,
Dushmaningga aytma, suyunadi.
Har kimni doʼstim dema,
Tandagi poʼstim dema.
Hisobdan adashsang ham, doʼstdan adashma.
Hisobli doʼst ayrilmas.