Doimiy charchoqni keltirib chiqaruvchi 5 sabab

Doimiy charchoqni keltirib chiqaruvchi asosan 5 ta sabab sababchi bo’lar ekan.

Ko‘p miqdorda uglevod iste’mol qilish. Qonda qand miqdorining oshishi me’da osti beziga qondagi qand miqdorini kamaytirish uchun ko‘proq insulin ishlab chiqarishi kerakligi haqida xabar beradi. Ushbu ko‘tarilish va tushish sizni «charchatib qo‘yadi».

Harakatsiz hayot tarzi. Harakatsizlik ham energiyaning pasayib ketishiga olib kelishi mumkin.

Uyquning yetishmasligi. Uyquning yetishmasligi charchoqning eng aniq sabablaridan biridir.

Oziq-ovqat mahsulotlariga sezgirlik. Eng keng tarqalgan allergen mahsulotlar bu — sut mahsulotlari, tuxum, soya va makkajo‘xori.

Kaloriya miqdori yetarli emas.
Siz kam kaloriyali mahsulot iste’mol qilsangiz, metabolizm jarayoni energiyani tejash uchun sekinlashadi, bu esa charchashga olib kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz: Oyoq terlashini uy sharoitida davolash

Tavsiya etamiz  Tanadagi tuzlarni qanday tozalash mumkin?
Прокрутить вверх