Tavsiya etamiz
Barcha yoqimsiz bo’lgan holatlardan biri bu doimiy terlash bu kasallikmi, bu savolga javob izladik.
Aslida, terlash tabiiy jarayon boʻlib, tashqi sekretsiya bezlari faoliyati natijasida yuzaga keladi. Ammo muntazam ravishda terlash turli kasalliklar sababli paydo boʻlishi ham mumkin.
Ular tanada gormonal balansning buzilishi, qandli diabet, buqoq, periferik qon tomir va asab kasalliklari, yurak qon-tomir kasalliklari, baʼzan saraton, siydik tizimi kasalliklari, dori yoki oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish natijasida yuzaga keladi.
Agar tanangiz nomaʼlum sabablarga koʻra terlasa, kiyim-kechak doimiy ravishda hoʻl boʻlib tursa, noxush hid kelsa, mutaxassisga borib uchrashish kerak.
Doimiy terlashga qarshi turlicha davo choralari koʻrib boʻlmaydi. Qachonki, terlash qaysi kasallik oqibati ekanligi aniqlansa, shunga muvofiq davo choralari rejalashtiriladi.