Doktorantura o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun imkoniyatlar

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun bir qator imkoniyatlar berildi. 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

Eslatma: Qabul hujjatlari oliy ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilotlari mas’ullari tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi. Hujjatlar belgilangan qabul muddatiga qadar tashkilotlar tomonidan qabul qilingan bo‘lishi lozim. Qabul muddati yakunlanganidan so‘ng hujjatlarni tahrirlash imkoni mavjud emas.

Doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha istisno tariqasida qo‘shimcha imtihon o‘tkazish sanasi 2023-yil 28-oktabrga belgilandi.

Test sinovlari turk tilidan 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘tkazilib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali 2023-yil 19-23-oktabr kunlari onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Tavsiya etamiz  Kollej va texnikumlarda oʻqiyotgan xotin-qizlar davlat granti asosida oʻqishlari mumkin

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 23-oktabr soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan 2023-yil 27-oktabr kuni bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar uchun tavsiya etamiz. Turk tilidan B2 daraja uchun namunaviy testlar ushbu saytdan havoladan yuklab oling yoki ushbu havola orqali multilevel imtihoni namunaviy testlar, Formati, baholash mezoni yangi yuklab oling va tanishib oling marhamat.

Прокрутить вверх