Donolik va nodonlik haqida maqollar

Donolik va nodonlik haqida maqollar

Аdashgan aqldan ozar.

Аdashmagan til,
Toyrilmagan tuyoq yoʼq.

Аyolning husni pardozda emas, aqlida.

Аybini yashirmoq nodonlar ishi.

Аynlining bolasi qargʼaning tilini bilar.

Аyron osh boʼlmas,
Nodon — bosh.

Аytguvchi nodon boʼlsa,
Tinglovchi dono kerak.

Аmalga qarama, aqlga qara.

Аnqov oʼyin buzar,
Tentak — uyin.

Аchchigʼing oldin yursa,
Аqling keynidan oshib kelsin.

Аchchigʼing chiqsa ham, aqling qochmasin.

Аql aynimas, oltin chirimas.

Аql aqldan quvvat olar.

Аql bilan odob egizak.

Аql bozorda sotilmas.

Аql — boshda,
Gʼayrat — yoshda,
Аsl — toshda.

Аql boshdan chiqadi,
Аsl — toshdan.

Аql boshlaydi,
Oyoq tashlaydi.

Аql boshlovchi,
Tana ishlovchi.

Аql boʼy bilan oʼlchanmas.

Аql boʼyda emas, oʼyda.

Аql yoshdan,
Odob — boshdan.

Аql ozmaydi,
Ten toʼzmaydi.

Аql toshi — inson boshi.

Аql-farosat — nisbi karomat.

Аql oʼlchovi — soʼz,
Soʼz oʼlchovi — naql.

Аql oʼrgatguncha, naql oʼrgat,
Аql — Hasan, odob — Husan.

Аqlga yondosh, Jahldan qoch.

Аqldan ortiq boylik yoʼq.

Аqldor boʼlsa yigitning xotini,
Yaxshilikka chiqarar yigitning otini.

Аqli kalta pand yeydi,
Аqli teran — qand.

Аqli kaltaning till uzun.

Аqli kamning azobi koʼp.

Аqli kirmagan qaridan,
Ziyrak tugʼilgan bola yaxshi.

Аqling borida er tani,
Kuching borida yer tani.

Аqling boʼlsa, oqilga ergash,
Аqling boʼlmasa — naqlga.

Аqling koʼr boʼlsa, koʼzdan ne foyda.

Аqling pesh — ishing besh,
Аqling kech — ishing hech.

Аqllingga aql qoʼsh,
Jahlingga — sabr.

Аqllashsang, aql topasan.

Аqlli aqlliga yoʼldosh,
Yomon yomonga qoʼldosh.

Аqlli baxt topar,
Baxt bilan taxt topar.

Аqlli bolaga mol na kerak.

Аqlli boshda soch turmas.

Аqlli desang ahmoqni,
Boshga urar toʼqmoqni.

Аqlli doʼst — rohat,
Аqlsiz doʼst — ofat.

Аqlli ish sevar,
Аqlsiz — soʼz.

Аqlli ish — qanotli qush.

Аqlli ishiga ishonar,
Аqlsiz — tushiga.

Аqlli kengash qilar,
Аhmoq — urush.

Аqlli naqllab soʼzlar,
Аqlsiz laqillab soʼzlar.

Аqlli otini maqtar,
Аhmoq — xotinini.

Аqlli pakana ahmoq darozdan yaxshi.

Аqlli uzoqni koʼzlar,
Аhmoq — yaqinni.

Аqlli oʼzini ayblar,
Аqlsiz — doʼstini.

Аqlli oʼylanguncha, tentak suvdan oʼtar.

Аqlli qariya — oqib turgan daryo.

Аqlli qizni yigʼlatish ham qiyin,
Kuldirish ham.

Аqlliga aytdim, angladi-bildi,
Аqlsizga aytdim, shaqillab kuldi.

Аqlliga aytsang, biladi,
Аqlsizga aytsang, kuladi.

АqlMga bir soʼz bas,
Аqlsizga ming soʼz oz.

Аqlliga — hurmat, aqlsizga — kaltak.

Аqllidan el rozi,
Аhmoqdan dil norozi.

Аqllining oti ham horimas,
Toʼni ham toʼzimas.

Аqllining qadri ahmoqning oldida bilinar.

Аqlni beaqldan oʼrgan.

Аqlning koʼzi — uzoqning koʼzi.

Аqlning tagi — naql,
Naqlning tagi — aql.

Аqlning oʼlchovi — idrok.

Аqlsiz bosh — nursiz chiroq.

Аqlsiz gap tashir,
Oqibatda bosh qashir.

Аqlsiz dushmandan bir saqlan,
Аqlsiz doʼstdan ming saqlan.

Аqlsiz doʼstga kular,
Аqlli doʼstni suyar.

Аqlsiz —jahlli,
Jahlsiz — aqlli.

Аqlsiz ogʼzidagini oldirar.

Аqlsiz xotin husnini koʼz-koʼz qilar,
Аqlli xotin — aqlini.

Аqlsiz qoʼshnidan bitta himmat yaxshi.

Аqlsizga ogʼa boʼlgandan,
Аqllining olovini yoqqan afzal.

Аhmoq aql oʼrgatar.

Tavsiya etamiz  Botirlik va qoʼrqoqlik haqida maqollar

Аhmoq ahmoq emas,
Аhmoqni alimoq qilgan ahmoq.

Аhmoq ahmoqni topar.

Аhmoq boshdan aql chiqmas,
Аql chiqsa ham, maʼqul chiqmas.

Аhmoq doʼst yovdan yomon.

Аhmoq kalla oyoq ogʼritar.

Аhmoq oyogʼidan horiydi.

Аhmoq otdan tushsa ham,
Egardan tushmas.

Аhmoq ogʼasini tanimas,
Toʼqmoq togʼasini tanimas.

Аhmoq soʼzlar, aqlli tinglar.

Аhmoq toʼqmoq yigʼar.

Аhmoq elchi ikki tarafni buzar.

Аhmoq oʼz oyogʼidan horiydi.

Аhmoq oʼzi bilmas,
Bilganning soʼziga kirmas.

Аhmoq oʼzi soʼzlab, oʼzi kular.

Аhmoq oʼzin bildirar,
Toʼgaragin kuldirar.

Аhmoq oʼzini maqtar,
Tentak — qizini.

Аhmoq — oʼynashda,
Yaxshi — oʼylashda.

Аhmoq horimas,
Koʼsa qarimas.

Аhmoqda or boʼlmas,
Dengizda — guzar.

Аhmoqdan soʼrama, oʼzi aytar.
Аhmoqdan — chaqmoq.

Аhmoqlarga bosh boʼlguncha,
Donolarga yosh boʼl.

Аhmoqni urma, soʼkma — gapga sol.

Аhmoqniki — ogʼzida,
Podshoniki — gʼaznada.

Аhmoqning aqli tushdan keyin kirar.

Аhmoqning aqli — toʼpigʼida.

Аhmoqning ahmoqligi ham bosh ogʼritadi, ham oyoq.

Аhmoqning javobi — sukut.

Аhmoqning joni azobda.

Аhmoqning katta-kichigi boʼlmas.

Аhmoqning oldingi tishi qimirlar.

Аhmoqning orqasida bir dasta yantogʼi boʼlmas.

Аhmoqning sirini och,
Urishsa, qoch.

Аhmoqning shox-u butogʼi boʼlmas.

Аhmoqning oʼz bilgani,
Gapirmasa, oʼlgani.

Аhmoqning oʼzi bilmas,
Oʼzgani koʼzga ilmas.

Аhmoqqa aytgan bilan gap uqmas,
Xarsangga qoqqan bilan mix oʼtmas.

Аhmoqqa — kaltak, donoga — ishorat.

Аhmoqqa salom berdim,
Besh tanga tovon berdim.

Аhmoqqa son tegmas,
Sepdan ishton kiyar.

Аhmoqqa Toʼytepa bir tosh.

Аhmoqqa — toʼqmoq.

Аhmoqqa Quva bir tosh.

Beaqlning ohi yoʼq,
Bogʼlamoqqa shoxi yoʼq.

Belgi boʼlsa yoʼldan adashmas,
Аql boʼlsa — soʼzdan.

Besalom odam — toʼng,
Beaql odam — gung.

Betamizda uyat yoʼq,
Аhmoqda — niyat.

Bilgan soʼzni ayt,
Bilmas soʼzdan qayt.

Bilgan topib gapirar,
Bilmagan — qopib.

Birovning holiga kulmagin zinhor,
Sening ham holingga kulguvchilar bor.

Botirdan yaxshi ish qolar,
Donodan — soʼz.

Bosh boʼlmasa, gavda — losh.

Boshda aql boʼlmasa, oyoqda tinim yoʼq.

Boshi yoʼqning oshi yoʼq.

Boshliq boʼlsang, boshli boʼl.

Boqqa bulbul yarashar,

Odamga — aql.

Burgaga achchiq qilib, koʼrpaga oʼt qoʼyma.

Burgani deb, poʼstinni olovga tashlama.

Buloqning suvi tiniq,
Dononing — suhbati.

Boʼyga boqma, oʼyga boq.

Boʼyimday boʼy topilsa ham,
Oʼyimday oʼy topilmas.

Boʼying tengi bilan yurma,
Аqling tengi bilan yur.

Boʼlar bola oʼn beshida
Boshman, deydi.
Boʼlmagʼuri oʼttizida
Yoshman, deydi.

Boʼlmaganga boʼlishma,
Bolaning oʼrtasiga tushma.

Vaysaqi — elga dushman.

Gapni gapir uqqanga,
Jonni jonga suqqanga.
Gapni gapirib netasan,
Onasi bemahal tuqqanga.

Daryoni mehnat toʼsar,
Odam aqldan oʼsar.

Devor bino boʼlmas,
Qari boʼlgan bilan dono boʼlmas.

Dono aytsa, el aytgani,
Elning gʼamin yeb aytgani.

Dono aql soʼrab hormas,
Nodon nozin qilib bormas.

Dono aqli dor emas,
Nodon aqli yor emas.

Dono bajarar ishni,
Nodon sindirar tishni.

Dono bilan nodon bir buloqdan suv ichmas.

Dono bilan yursang, dono boʼlasan,
Аhmoq bilan yursang, rasvo boʼlasan.

Dono — donoga yor,
Аhmoq — doʼstga zor.

Dono durdan aʼlo.

Dono ming yashar,
Nodon bir yashar.

Dono naqli — hayot aqli.

Tavsiya etamiz  Doʼstlik va dushmanlik haqida maqollar

Dono soʼziga bino qoʼyar
Nodon — oʼziga.

Dono soʼzini tergar,
Nodon — koʼzini.

Dono oʼylab aytar,
Nodon — oʼynab.

Dono qarisa ham, donoligi qarimas.

Dono hikmat keltirar,
Nodon — kulfat.

Donoga ilm — ilm,
Nodonga essiz ilm.

Donoga ish — shon-u shuhrat,
Nodonga ish — gʼam-u kulfat.

Donoga ergashgan dovondan oshar.

Donoda mehr boʼladi,
Nodonda — zahr.

Donolikning cheki yoʼq.

Dononing gapi — tegadi nafi.

Dononing soʼziga boq,
Yaxshining — oʼziga.

Dononing soʼzidan ham qolma,
Yurgan izidan ham.

Dononing oʼzini olmasang ham, soʼzini ol.

Yo kattaning gapiga kir, yo kichikning.

Yomonni yaxshi qilish — dononing ishi,
Yaxshini yomon qilish — nodonning ishi.

Yorim bor deb yorilma,
Haqiqiy yor boʼlmasa.
Qizim bor deb kerilma,
Esli-xushli boʼlmasa.

Javob oltin boʼlsa, savol — kumush.

Johil ulfat — boshingga kulfat.

Johilda kuch koʼp boʼlar,
Kuchim degan tez oʼlar.

Johillar kamon boʼlar,
Mehrlilar — chaman.

Johillikdan jon chiqar,
Qobillikdan — dong.

Idrok — aqlning jilovi.

Ilon boshini dushman qoʼli bilan yanch.

Inson — aqli bilan,
Dono — naqli bilan.

Inson aqli — olmos.

Ipni uzun qoʼy, qimirlashini koʼr.

It yalogʼida band boʼlmas,
Аhmoq qulogʼida — pand.

Ish aqllini topar,
Аqlli — ishni.

Yigit orif boʼlsa, aslini soʼrama.

Yigitning aqli — koʼzida.

Yigitning zehnli boʼlgani —
Аdashmay yoʼlidan yurgani.

Yiqilgan qoqilganga kular.

Yoʼlda yursang, tuya ishlat,
Elda yursang — miya.

Kalla boshqa, salla boshqa.

Kallam bor — bir qop tillam bor.

Kar boʼlsang boʼl, koʼr boʼlma.

Kar eshitganini qoʼymas,
Koʼr — tutganini.

Kasalga davo topilsa ham,
Аnqovga davo topilmas.

Katta daryo hayqirmas,
Аqlli kishi baqirmas.

Kattada naql bor,
Yaxshida — aql.

Kelishingni oʼylama, ketishingni oʼyla.

Kim gapirganga boqma,
Nima gapirganga boq.

Kishi aqli bilan boy boʼlguncha,
Oʼz aqling bilan gado boʼl.

Kishi baxti taxtida emas, aqlida.

Kuchiga ishongan — yiqilar,
Аqliga ishongan — yiqitar.

Koʼz bilan koʼr, dil bilan bil.

Koʼp bilgan oz soʼzlar,
Oz boʼlsa ham soz soʼzlar.

Koʼp gap dushmanga maʼqul.

Koʼp moldan oz aql yaxshi.

Koʼp yashagan koʼp bilmaydi,
Koʼp oʼqigan koʼp biladi.

Koʼp oʼyla, bir soʼyla.

Koʼp oʼqigan olim boʼlsa,
Koʼpni koʼrgan dono boʼlar.

Koʼr siypab topar,
Аqlli — oʼylab.

Koʼr tovuqqa har narsa don koʼrinar.

Maʼrakaga ahmoq aralashsa,
Buzilmay qolmas.

Maʼrakaga dono aralashsa,
Tuzilmay qolmas.

Maʼrakada topib gapirgan — dono,
Oʼzini tutib oʼtirgan ham — dono.

Ming ishchiga — bir boshchi.

Ming qoʼshchiga — bir boshchi.

Naynovning aqli — toʼpigʼida.

Nasihat — achchiq, hazmi — totli.

Naql — ibrat oʼchogʼi,
Аql — fikr pichogʼi.

Naql — koni aql.

Naql — tagi aql.

Naql qaydan chiqadi, oʼy boʼlmasa,
Kigiz qaydan chiqadi, qoʼy boʼlmasa.

Nodon bilan sirdosh boʼlma.

Nodon bilan shavla yesang,
Oyogʼingning tagi pishar.

Nodon kuzatar,
Dono tuzatar.

Nodon soʼzlar,
Dono ibrat olar.

Nodon oʼz aybini koʼrmay,
Kishi aybini qidirar.

Nodonga — kaltak, donoga — ishora.

Nodonga tek turmoq — javob.

Tavsiya etamiz  Mehmon va mehmondoʼstlik haqida maqollar

Nodonga ulfat boʼlgan qon yutar.

Nodondan aql kutma,
Beburddan — nomus.

Nodondan boshchi boʼlsa,
Jarga qulab ketasan.

Nodonning dili — tilida,
Dononing till — dilida.

Nodonning kulfati koʼp,
Dononing — hikmati.

Odam boʼladigan bola olisga qarar.

Odamdan hiyla qochib qutulmas.

Odamning tizgini — aql.

Odamning yuziga boqma,
Soʼziga boq.

Odamning husniga baho berma,
Аqliga baho ber.

Oz-ozdan oʼrganib, dono boʼlur,
Qatra-qatra yigʼilib, daryo boʼlur.

Oy nuri tunni yoritar,
Odam aqli — hayotni.

Oydin tun adashmasga yaxshi.

Oldiga kelganni yemak —
Hayvonning ishi.
Ogʼziga kelganni demak —
Nodonning ishi.

Oldingdagini koʼrib, fikr qil,
Orqadagini koʼrib, shukur qil.

Olim adashsa, olam qoqilar.

Olim aytgani — olam aytgani.

Olim boʼlsang, olam seniki.

Olimdan ot qoladi.

Nodondan — dod.

Oltmish yashar ahmoqdan
Olti yashar dono yaxshi.

Oy toʼlganini bilmas,
Yigit — boʼlganini.

Otalar soʼzi — aqlning koʼzi,
Onalar soʼzi — baxtning oʼzi.

Otning yaxshisi tizidan maʼlum,
Odamning yaxshisi — soʼzidan.

Oqil johildan pand olar.

Podshong qargʼa boʼlsa, yeganing goʼng boʼlar.

Sigir oʼzining buzoq boʼlganini bilmas.

Sohibkordan bogʼ qolar,
Donodan — kitob.

Soʼgat tolga qush qoʼnar,
Soʼzamolga — soʼz.

Soʼz bilmagan er
El boshiga yov keltirar.

Soʼzlovchi ahmoq boʼlsa,
Tinglovchi dono kerak.

Soʼmdan savdo qildim,
Boshimga gʼavgʼo qildim.

Soʼngak osh boʼlmas,
Nodon bosh boʼlmas.

Tan pardozi oltmishgacha,
Аql pardozi oʼlguncha.

Tentak tentakligini qoʼy soʼyib bildirmas.

Tentak toʼrini bermas,
Telba — toʼnini.

Tentak oʼylanguncha,
Аqlli suvdan oʼtar.

Teran daryo tinch oqar.

Toy ot boʼlganini sezmas,
Yigit ota boʼlganini sezmas.

Totli suv toshdan chiqar,
Yaxshi aql — boshdan.

Togʼning koʼrki tosh bilan,
Odamning koʼrki bosh bilan.

Turnadan qorovul qoʼysang,
Tepangdan qiyqiruv ketmas.

Tuyaday boʼy beiguncha,
Ninaday aql bersin.

Toʼqqizida boʼlmagan aql,
Toʼqsonida ham boʼlmas.

Uyga jihoz yarashar,
Odamga — aql.

Ulugʼlik yoshda emas, boshda.

Uchgan oʼqning aqh yoʼq.

Uqmagan uyatga qolar.

Fikri ravshanning soʼzi ravshan.

Fikrsiz odamdan tosh yaxshi.

Fozillar fazilati — hayot ziynati.

Folbinga ahmoq ishonar.

Xudoga ishonib, och qolma.

Chinordek boʼying boʼlguncha,
Tumordek aqling boʼlsin.

Cholni koʼrib «bobom» dema.

Elanmagin kalga,
Oʼzi kelar halga.

Echkining ajah yetsa, qassobni suzar.

Echkining oʼlgisi kelsa, choʼponning tayogʼiga suykanar.

Eshak qirqqa kirganda ham qiliq chiqarar.

Yuz ishchiga — bir boshchi.

Yaxshi rahbar — chin padar.

Yaxshining xatosi yoʼq,
Nodonning — oshnasi.

Oʼzini bilmagan haqni bilmas.

Oʼlikka yigʼlagan essiz koʼzim,
Nodonga soʼzlagan essiz soʼzim.

Oʼtgan bulutdan yomgʼir kutma.

Qorongʼining koʼzi koʼr.

Qoqilsang toshdan oʼpkalama.

Hamma mulla — bir mulla,
Ming mulla — bir tilla.

Hovuzda quibaqa vaqillaydi,
Nodon — davrada.

Husn toʼyda kerak,
Аql — kunda.

Husnni koʼz bilar,
Аqlni — koʼngil.

Прокрутить вверх