DTM 2021 test natijalarini bilish

DTM test natijalarini 2021 bilish tartibi bilan tanishing.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1. my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda.

2. mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4. Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Tavsiya etamiz  Prezident maktablari kirish imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish tartibi
Прокрутить вверх