DTM CEFR chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2022-yil har oy ikki marotaba o’tkaziladi.
📌 Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, ko‘plab talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr oyida ham o‘tkazilishi belgilandi.
✅ Shuningdek, mazkur test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham tashkil etilib, har oyda 2 marotaba o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda (my.gov.uz/oz/service/559).
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar quyidagi rasmda keltirilgan.
❕ Diqqat: To‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, test sanasi va joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari namunaviy test topshiriqlar to’plami yuklab oling.