DTM CEFR chet tili imtihoni sanalari belgilandi

Tavsiya etamiz

Davlat test markazi CEFR imtihoni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha iyun oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Ertaga, 22-iyun kuni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovining yozma qismi, test sinovining «gapirish» ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 23-24-25-iyun kunlari o‘tkaziladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini nsfla.dtm.uz saytidan “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Tavsiya etamiz: Davlat test markazi 2021 yilgi namunaviy test savollarini e’lon qildi.

Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 15  daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport bilan kelishlari so‘raladi.

Tavsiya etamiz: Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 2021

Imtihonga kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Manba: