DTM Cefr imtihoni sanalari belgilandi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 26-27-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-6-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Bu haqada Davlat test markazi ma’lum qildi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon (yozma va gapirish ko‘nikmasi) joyikuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting