Chet tili imtihoni natijalari yuzasidan apellatsiya berish

Davlat test markazi Chet tili imtihonlari natijalari yuzasidan apellatsiya berish tartibi bilib oling.

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga binoan chet tili imtihoni natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📌 Shuningdek, mazkur qarorda apellatsiya shikoyati talabgor tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda to‘ldirilishi belgilangan.

🖥 Ya’ni chet tili imtihoni natijalari yuzasidan apellatsiya berish my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/564).

my.gov.uz sayti shaxsiy login paroliz orqali kiramiz. my.gov.uz shu silkani bosamiz xizmatdan foydalanish tugmasini bosamiz.

✅ Talabgor test natijasi yuzasidan apellatsiya shikoyatini test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida berishi mumkin.

📆 Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.gov.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

Avval xabar berganimizdek Magistratura o’qish istagi bo’lgan talabalar uchun qishki qabul tartibi imkoniyatlar haqida bilib oling.

Tavsiya etamiz  Qabul 2022: Bu yil test sinovlari qanday o‘tadi? Barcha savollarga javoblar
Прокрутить вверх