DTM Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

2022-yil mart, aprel, may va iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/559).

👉 https://my.gov.uz/oz/service/559

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, onlayn ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar quyidagi rasmda keltirilgan.

Avval xabar berganimizden CEFR Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlariga o’zgartirishlar kiritildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting