DTM diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Davlat test markazi tomonidan 2022-2023-o‘quv yili uchun abituriyentlarning puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun imkoniyat, sharoit yaratish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

Bu orqali abituriyentlar nafaqat o‘z bilimini sinashi, balki test materiallari, ya’ni test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi bilan ishlash ko‘nikmasiga ham ega bo‘ladilar.

📌 Diagnostik test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yanvar oyidan boshlab har hafta o‘tkaziladi. Buning uchun 10-yanvardan ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va kerakli ma’lumotlarni kiritgan holda test variantiga buyurtma berishlari mumkin.

❗️ Test variantiga buyurtma berishda talabgorlar tomonidan quyidagi ma’lumotlar aniq belgilanishi lozim:

👉 qaysi fanlardan test topshirishi (mutaxassislik fanlari sifatida 2 ta fan);
👉 test topshirish tili;
👉 test topshirish hududi;
👉 test topshirish kuni va vaqti.

❗️ Mazkur xizmatdan 2 xil usulda foydalanish mumkin:
✅ Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlariga kelib, test sinovi topshirish;
✅ test materiallarini olib ketib, ishlab bo‘lgandan so‘ng, o‘z natijasini bilish uchun qayta taqdim etish (buyurtma).

O’z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali har hafta mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Tavsiya etamiz: DTM umumta`lim fanlaridan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari to’plami

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting