DTM Ingliz tili ko’p darajali (multilevel) repetitsion (mock exam) test sinovida qatnashing

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ko’p darajali (multilevel) repetitsion (mock exam) test sinovi haqida Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi xabar bermoqda.

📆 2022-yil 18-noyabr kuni Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha repetitsion (mock exam) test sinovi o‘tkaziladi.

✅ Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan hamda to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan 90 nafar talabgor test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-noyabr kuniga qadar my.dtm.uz havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlar va talabalar uchun tavsiya etamiz chet tili multilevel imtihoni namunaviy testlar, yozish va gapirish qismi imtihonlari bilib oling.

Tavsiya etamiz