Mundarija
Umumta`lim fanlaridan milliy test tizimi tartibi
Joriy yildan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi, O‘zA Vazirlar Mahkamasining 12 oktyabrdagi 646 son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etiladi.
Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etildi:
- 2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
- 2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
- 2022−2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.
hozirgi vaqtda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), matematika, kimyo va biologiya fanlaridan test sinovlari bo’lib o’tdi.
Umumta`lim fanlaridan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari to’plami yuklab oling.
- Matematika (o‘z) yuklab olish
- Matematika (ru) yuklab olish
- Ona tili va adabiyot yuklab olish
- Qoraqalpoq tili va adabiyot yuklab olish
- Rus tili va adabiyot yuklab olish
- Kimyo (o‘z) uklab olish
- Kimyo (ru) yuklab olish
- Biologiya (o‘z) yuklab olish
- Biologiya (ru) yuklab olish
DTM CEFR imtihoni namunaviy test topshiriqlar to’plami yuklab olish
Hozirgi kunda 2021 yil 17-may kunidan boshlab ikkinchi marotoba kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha navbatdagi milliy sertifikatlash imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.
Buning uchun talabgorlar “Milliy sertifikatlar” bo‘limidan tegishli fanni tanlab test sinoviga ariza berishlari mumkin.
Talabgorlarni ro‘yxatga olish 27-mayga qadar davom etadi.