Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 20-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 21-22- va 24-yanvar kunlari o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.
Keyingi kunlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarining ortib borayotganligi, shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining 2022-yil 15-yanvardagi qarori asosida turli ommaviy tadbirlar tashkil etish taqiqlanganligi va karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini saqlash ustuvor maqsad ekanligini hisobga olib, 2022-yil 20-24-yanvar kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini o‘tkazish vaqtincha qoldirildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
Pandemiya sharoitini hisobga olgan holda mazkur imtihonlarni o‘tkazish rejasi ishlab chiqilgach, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti, telegram kanali, talabgorlarning shaxsiy kabineti hamda SMS xabarnoma orqali imtihon sanalari haqida ma’lum qilinadi.
O’zingizni asrang!
Tavsiya etamiz: DTM CEFR imtihoni namunaviy test topshiriqlar to’plami yuklab oling
Mazkur test sinovlaridan ijobiy o’tgan talabgorlar test natijalariga ko‘ra B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.