Tavsiya etamiz
DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash 2022-yil 20-noyabr test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ 2022-yil 20-noyabr kuni o‘tkazilgan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini my.dtm.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” (https://my.dtm.uz/service/43) bo‘limidan bilishlari mumkin.
📌 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori (https://lex.uz/docs/-5392225) bilan tasdiqlangan nizomga (https://lex.uz/docs/-5392225#-5398055) muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
📋 Ya’ni, test sinovi natijalariga ko‘ra 74.7 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.