DXX akademiyasiga 2024-2025-o‘quv yili uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar bermoqda.

✅ 2024-2025-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

Tavsiya etamiz  56,7 balldan kam to‘plaganlar ham super-kontraktda o’qishi mumkinmi?
Прокрутить вверх