DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari sanasi e’lon qilindi

⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari sanasi e’lon qilindi. Bu haqada Davlat test markazi xabar bermoqda.

📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2022-yil 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

⏳ Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

✅ Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ball bo‘lib, test sinovi o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

🔹 ona tili – 15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);

🔹 matematika – 15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);

🔹 O‘zbekiston tarixi – 30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball);

🔹 chet tili – 30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball).

📚 Har bir fan bo‘yicha test varianti tafsiloti bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: Test varianti tafsiloti yuklab olish.

Tavsiya etamiz