DXX akademiyasiga o’qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq, 2022-2023-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish bo‘yicha TANLOVDA ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.

Tanlovda mazkur qaror talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va/yoki o‘tayotgan, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan, bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

my.dtm.uz

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

Tavsiya etamiz  kontrakt.edu.uz 2022 ariza berish tartibi Video yo'riqnoma

❕ Izoh: my.dtm.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limida ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma va nomzodlarni saralash test sinovi bo‘yicha ma’lumot keltirilgan.

Savol:  Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega nomzodlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadimi?

Javob: Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega nomzodlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi.
Прокрутить вверх