Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda DTM xabar bermoqda.
✅ 2023-2024-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
👨🏻💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro’yxatdan o’tish uchun
🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.
❕ Izoh: my.dtm.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limida ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma va nomzodlarni saralash test sinovi bo‘yicha ma’lumot keltirilgan.
Savol: Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega nomzodlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadimi?