DXX akademiyasiga saralash test sinovlari sanasi ruxsatnoma olish tartibi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari sanasi e’lon qilindi.

2022-2023-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2021-yil 18-noyabr kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Test sinovlarda kirish ruxsatnomasi yuklab olish tartibi bilan tanishing.

Ruxsatnoma yuklab olish tartibi:

Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining dxx.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

👉 dxx.dtm.uz

Ruxsatnomani yuklab olish bandi bosilgandan keyin.

Test sinovlari vaqti, joylari, tartibi

Bunda test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 smenada, Toshkent shahrida esa 2 smenada bo‘lib o‘tadi:

1️⃣-smena 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smena 14:30 dan 17:30 ga qadar.

Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 246 ball bo‘lib, fanlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

ona tili 15 ta test topshirig‘i  har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan.

matematika 15 ta test topshirig‘i har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan.

O‘zbekiston tarixi 30 ta test topshirig‘i har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan.

chet tili 30 ta test topshirig‘i har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan beriladi.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Tavsiya etamiz: Kollej va texnikumlar test natijalari bilish tartibi bilan tanishing.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting