Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun ariza topshirish muddatida oz qoldi

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga mo‘ljallangan maxsus kvotaga tavsiyanoma olish uchun ariza topshirish muddati 8 iyun’ kuni yakunlanadi

Ma’lumki, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratiladi.

Ro’yxatdan o’tish tartibi

Tavsiyanoma uchun talabgorlar hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda joriy yil 8 iyuniga qadar qabul qilinadi.

👉 xotin-qizlar.uz saytga kirib shaxsiy ma’lumotlarizni kiritib saqlash tugmasini bosasiz.

Xotin-qizlar Tavsiyanomasini olish tartibi

Tavsiyanoma olishga talabgorlar quyidagi toifalardan biriga mos bo‘lishi kerak:

✅ Kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (920 ming)ning 0,527 baravari (485 ming)dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila);

✅ To‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

✅ Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

Tavsiya etamiz  Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

✅ Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

✅ 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida (ijarada) yashayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

✅ Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

❗️ Ma’lumot uchun, tavsiyanoma olishning o‘zi talaba bo‘lishni anglatmaydi. Biroq tavsiyanoma bilan tanlovda ishtirok etgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori natija ko‘rsatganlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga ko‘ra davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Прокрутить вверх