Ehtiyojmand xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi

Tavsiya etamiz

Qonunchilikka ko‘ra, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi. Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

🔰Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

▫️ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;

▫️ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

▫️ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

▫️ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

▫️ 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

▫️ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

➡️ Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

Abituriyentlar uchun yangilik Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriatiga qabul boshlandi. Qabul tartibi va onlayn ro’yxatdan o’tish haqida bilib oling.