Tavsiya etamiz
O’simliklar va Ekinlar haqida topishmoqlar. Barcha topishmoqlar javobi bilan. Eng sara topishmoqlar to’plami.
Mundarija
- 1 Paxta haqida topishmoqlar
- 2 Bug’doy haqida topishmoqlar
- 3 Sholi haqida topishmoqlar
- 4 Makkajo’xori haqida topishmoqlar
- 5 Loviya haqida topishmoqlar
- 6 Mosh haqida topishmoqlar
- 7 Tariq haqida topishmoqlar
- 8 Ayrim ekin mahsulotlari haqida topishmoqlar
- 9 Isiriq haqida topishmoqlar
- 10 Qizg’aldoq haqida topishmoqlar
- 11 Rayhon haqida topishmoqlar
- 12 Qamish haqida topishmoqlar
- 13 Tikan haqida topishmoqlar
Paxta haqida topishmoqlar
1. Abdal buva ariqdir,
Og‘zi, burni murriqdir.
2. Chopsang kular,
Chopmasang o‘lar.
3. Og‘zini ochib yerga qaraydi,
Og‘zidan oq ko‘pik sochadi.
4. Qorday oppoq,
Yungday yumshoq.
5. Ildizi yerda,
Yulduzi ko‘kda.
6. Kichkina xurmacha,
Og‘izlari burmacha.
7. Erdan ko‘karib chiqar,
Bag‘ridan oltin oqar.
8. Momiqqina onasi,
Yog‘liqqina bolasi.
Bug’doy haqida topishmoqlar
Hamma unga intiq.
10. Solaman qizil,
Chiqaraman oq.
11. O‘zi ariq,
Rangi sariq,
Yuzi qizil,
Boshi qiltiq.
12. Qizilini o‘zim yedim,
Sarig‘ini molga berdim.
13. Dik-dik etar, buti yo‘q,
O‘tiray desa o‘rni yo‘q,
Arig‘i boru suvi yo‘q.
Sholi haqida topishmoqlar
14. Kichkina qiz,
Qo‘lida bigiz.
15. Bizning uyda bir qiz,
Boshida bir tol qil yolg‘iz.
16. Kich-kichkina to‘ni bor,
Uchida qili bor.
17. O‘zi yosh,
Mo‘ylovi uzun.
18. Taram sochli qiz to‘dasi,
Suvda yotar kun-kechasi.
Suvda yotib suvga tegmay
Oltmishida u sarg‘aygay,
Sakson kunda saboqdadir,
To‘qson kunda tovoqdadir.
Makkajo’xori haqida topishmoqlar
19. Yerdan chiqar taranib,
Zarrin dastor o‘ranib.
20. Bo‘yi bir qarich,
Soqoli ikki qarich.
21. Sariboy bobom ichkari,
Soqollari tashqari.
22. Bir uya ustida ming ari.
23. Mingta alp og‘adir,
Ming o‘raga sig‘adir.
24. Ko‘k ko‘ylakli xotin,
Sarig‘ bola ko‘targan.
25. Ko‘k kiyimni kiymayman,
O‘sha yerda turmayman.
26. Qiya-qiya yerlarda
Qiyma juvon o‘tirar.
Dakanasin dol qo‘yib,
Tolma juvon o‘tirar.
27. Amakim egnida ko‘k chopon,
Boshida oq dastor.
28. O‘tirishlari eshonday,
Ko‘zlari mohparonday.
Loviya haqida topishmoqlar
29. Uzun-uzun ko‘chalar,
Ichi to‘la bachchalar.
30. Biznikiga mehmon keldi,
Hammasining qoshi qora.
Mosh haqida topishmoqlar
31. O‘zi pishiq,
Burni qiyshiq.
(No‘xat)
Malla mushuk,
Bo‘yni qiyshiq.
(No‘xat)
Qora-qora qoramuq.
32. Qora-qora qo‘g‘irmoch.
Tariq haqida topishmoqlar
33. Oltin sochdim tojidor,
Bunga hamma xaridor.
34. Bir tub chikor, bir tub chinorda
Qirq butoq, qirq butoqda qirq uya,
Qirq uyada qirq tuxum.
35. Ernazar bobom enkayadi,
Kallasi qinqayadi.
Tevaragi to‘p-to‘p,
O‘rtasi qip-qizil.
Ayrim ekin mahsulotlari haqida topishmoqlar
36. Kunga qarab tolmaydi,
Kundan ko‘zni olmaydi.
37. Bir qarichcha bo‘yi bor,
Ola-chipor to‘ni bor.
38. Bir tanada
Ming dona.
39. Terak uchida xum,
Ichida qum.
Isiriq haqida topishmoqlar
40. Kichkina, kichkina kelinchak,
Boshlarida tugunchak.
41. Boyning qizi tog‘da kelinchak.
Qizg’aldoq haqida topishmoqlar
42. Madad akamning boshida baxmal taqiyasi bor.
43. Qizlarjonning boshida
Qizil baxmal taqiya.
Rayhon haqida topishmoqlar
44. Eksang bitar,
Isi hamma yoqni tutar.
45. Ko‘m-ko‘k tusi,
Xushbo‘y isi.
46. Ariq bo‘yida to‘shak.
Qamish haqida topishmoqlar
47. Uzun terak,
Ichi kovak.
48. Zil terak,
Zilmon terak.
49. Soqoli bir qarich,
O‘zi ming qarich.
50. Daryo,
O‘rtasida bo‘yro.
51. Biz, biz edik,
Ming qiz edik,
Bizni o‘rdilar,
Ipga tizdilar.
52. O‘z elimda el edim,
Tulki tumoq bek edim.
Qiyildim, quchoqqa tushdim,
O‘ttiz ikki tuzoqqa tushdim.
53. Qator-qator turganlar,
Tulki tumoq kiyganlar.
54. Yer tagida qizil yulg‘un.
Tikan haqida topishmoqlar
55. Chir-chir qushlar,
Chirmashiq qushlar.
O‘zining joni yo‘q.
Odam kelsa, tishlar.
56. Lip etadi, kirib ketadi,
Chiqazolmay esing ketadi.
57. Yo‘l ustida voyvoyak.