Eng mashhur emoji (смайлик) bilan tanishing.
Qo’shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreya bo’ylab 7000 foydalanuvchi o’rtasida so’rov o’tkazilganda emoji foydalanuvchilari «baland ovoz bilan kulish»😂 yuzi dunyodagi eng mashhur emoji deb hisoblashgan.
Ikkinchi o’rinda «bosh barmog’i» 👍 emojisi, undan keyin «qizil yurak» ❤️ emoji joy olgan. «Ko’z qisib o’pish» 😘 va «ko’z yoshlari bilan qayg’uli yuz» 😢 emojisi birinchi beshlikni yakunlab bergan. Emoji foydalanuvchilarning 90%i zamonaviy ierogliflar o’z fikrlarini ifoda etishni osonlashtiradi deb hisoblaydilar.
Siz eng ko’p qaysi emojidan foydalanasiz?