Fizika fanidan milliy sertifikat olish uchun ro‘yxatga olish boshlandi

Tavsiya etamiz

Fizika fanidan milliy sertifikatlash tizimi uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilayotgan bo‘lib, 2022-yil 16-yanvarga qadar davom etadi.

Mazkur xizmat “Milliy sertifikatlar” bo‘limida joylashgan bo‘lib, shu yerdan tegishli fan (fizika) ni tanlagan holda test sinoviga ariza berish mumkin.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Tavsiya etamiz: Umumta`lim fanlaridan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari to’plami yuklab olish

Ona tili va adabiyotmatematikakimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish yaqin kunlarda boshlanishi e’lon qilindi.