Future Continuous — Kelasi davomli zamon

Future Continuous — Kelasi davomli zamon

Study this example situation:

Tom is a football fan and there is a football match on television this evening. The match begins at 7.30 and ends at 9.15. Ann wants to come and see Tom this evening and wants to know what time to come:
—————————————
Tom futbol fanati va bugun kechki payt futbol matchi bor. Match 7.30da boshlaydi va 9.15da tugaydi. Anna bugun kechki payt Tomni ko’rgani bormoqchi bo’ladi va qaysi payt borsa bo’lishini Tomdan so’raydi:

Ann: It’s all right if I come at about 8.30?
Tom: No, don’t come then. I will be watching the match on television.

Anna: 8.30 atrofida borsam bo’ladimi?
Tom: Yo’q, u payt kelma. Televizorda futbol ko’rayotgan bo’laman.

Ann: Oh. Well, what about 9.30?
Tom: Yes, that will be fine. The match will have finished (Future Perfect) by then.

Anna: 9.30da borsamchi?
Tom: Ha, yaxshi bo’ladi. Ungacha futbol tugagan bo’ladi.

We use will be doing (future continuous) to say that we will be in the middle of doing something at a certain time in the future. The football match begins at 7.30 and ends at 9.15. So during this time, for example at 8.30, Tom will be watching the match.
—————————————
Biz “will be doing”ni kelajakning biror vaqtida biror narsa qilishning o’rtasida bo’lganimizda ishlatamiz. Futbol matchi 7.30da boshlaydi va 9.15da tugaydi. Demak, shu payt oralig’ida, masalan 8.30da, Tom futbol ko’rayotgan bo’ladi.

Tavsiya etamiz