Future Simple (will / shall) — Oddiy kelasi zamon (kirish)

Future Simple (will / shall) — Oddiy kelasi zamon (kirish)

Biror harakatni kelasi zamonda bo’lishi kutilayotgan bo’lsa egadan so’ng will/shall ishlatiladi. Bo’ladigan hodisa aniq belgilanmagan, avvaldan rejalashtirilmagan. Hodisa tabiiy ravishda ro’y berishi kutilayotgan yoki hozirgina shu fikrga kelingan bo’ladi.

• I will have breakfast — Men nonushta qilaman.

Bu gap oldindan reja qilinganidan emas, qorin ochganidan kelib chiqqan. Agar «I am having breakfast» bo’lganida reja qilingan harakat tushunilardi va ortida this morning — bu tong, tomorrow — ertaga kabi so’zlar qo’shilishi mumkin. U holda o’tgan darsdagi present for the future bo’lib qoladi. Bugungi mavzuyimiz esa undan farq qiladi, am/is/are qo’yilmaydi, harakat so’zlariga «ing» qo’shilmaydi.

— My case is very heavy — Mening sumkam juda og’ir.
— I will carry it for you — Men uni ko’tarishib yuboraymi?

• I will eat it — Men uni yeyman.
• I think I will go out — O’ylaymanki men tashqariga chiqaman.

«I will» funksiyasidan oldin «I think» va «I don’t think» jumlalaridan foydalansa bo’ladi.

Qisqartmasi:
I will — I’ll, we will — we’ll, she’ll va hokazo.

Savol berishda will/shall egadan oldinga o’tadi:
• Will he eat? — U ovqatlanadimi?

Inkor qilish «will not» (qisqartmasi: won’t).
• I won’t sleep — Men uxlamayman.

Aniq vaqti belgilangan (rejalashtirilgan) voqealarda will/shall qo’yilmaydi:
• We’re going to the market on Sunday — Biz yakshanba kuni bozorga ketyapmiz.

Shall faqat 1-shaxs (I va we)da ishlatilishi mumkin. Men yoki biz so’zlarida qo’llanadi.
• I think we shall win — O’ylaymanki biz g’olib bo’lamiz.

Will esa barcha shaxslar uchun ishlatilaveradi. They will, he will, she will, it will va hokazo.

Will ishlatiladigan ayrim holatlar

We often use will in these situations:
Biz odatda «will»ni ushbu holatlarda ishlatamiz:

◾️>> offering to do something:
>> biror narsani taklif qilishda:

• That bag 🧳 looks heavy. I will help you with it
• Anavi sumka og’ir ko’rinadi. Sizga yordamlashvoraman

◾️>> agreeing or refusing to do something:
>> biror narsa qilishga rozi bo’lmoq yoki bosh tortmoq:

• I have asked Kozim to help me but he won’t (or will not)
• Kozimdan yordam so’ragandim, lekin u yordam berishdan bosh tortdi

◾️>> promising to do something:
>> biror narsa qilishga va’da berayotganda:

• I promise I will phone you as soon as I arrive
• Va’da beraman, senga qaytishim bilan telefon qilaman

◾️>> asking someone to do something (Will you):
>> birortasidan biror narsa qilishni so’rashda:

• Will you shut the door, please?
• Eshikni yopib yubora olmaysizmi, iltimos?

Tavsiya etamiz