Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun suhbat imtihoni boshlanadi

Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun suhbat imtihoni 27-apreldan boshlanadi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 23-yanvardan 23-fevralga qadar test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar onlayn ro‘yxatga olingan edi.

👩‍🏫 Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun mart-aprel oylarida malaka oshirish kurslari tashkil etildi va kurs yakunida yakuniy test sinovlari o‘tkazildi.

🖥 Test sinovi natijalari nomzodlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilingan bo‘lib, maksimal ballning 60 % (24 ball) ni to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga o‘tgan hisoblanadi.

✅ 2023-yil 27-apreldan 5-mayga qadar keyingi bosqichga o‘tganlar bilan suhbat shaklidagi imtihon o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra nomzodlar bilan shartnoma imzolanadi.

Tavsiya etamiz  O‘qituvchilar besh yil oldin pensiyaga chiqishi mumkin
Прокрутить вверх