Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun qabul kvotalari taqsimoti

Tavsiya etamiz

Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar abituriyentlar uchun qabul 2021 kvotalar soni bilan tanishing.

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 7 899 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

  • kunduzgi ta’lim shakli uchun – 5 687 ta;
  • sirtqi ta’lim shakli uchun – 1 884 ta;
  • kechki ta’lim shakli uchun – 328 ta.

Qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti bilan bu yerdan yuklab olish tanishish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun batafsil tushuncha va yo’riqnoma: >> O’TISH.

Tavsiya etamiz: Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga qo’shimchalar kiritildi tanishib oling