Tavsiya etamiz
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun qo‘shimcha qabul 2021 kvotalar soni taqsimoti bilan tanishing.
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun besh foizli, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining amaldagi shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi hamda xodimlari farzandlari uchun ikki foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining vazirlik va idoralar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 2 040 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Vazirlik va idoralar kesimida:
- Milliy gvardiya – 583 ta;
- Mudofaa vazirligi – 656 ta;
- Ichki ishlar vazirligi – 146 ta;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 189 ta;
- Davlat xavfsizlik xizmati – 408 ta;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati – 29 ta;
- O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi – 29 ta.
Qabul ko‘rsatkichlarining vazirlik va idoralar kesimidagi taqsimoti bilan bu yerda Yuklab olish tanishish mumkin.
my.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun batafsil tushuncha va yo’riqnoma: >> O’TISH.
Tavsiya etamiz: Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 2021 bilan tanishish