Hasharotlar haqida eng sara topishmoqlar

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Hasharotlar haqida eng sara topishmoqlar to’plami javobi bilan. Eng sara topishmoqlar to’plami sizga ilindik.

1. Kichkina mitti,
Shoxini tirab suv ichdi.

Topishmoqning javobi
(Ari)

2. Zuv-zuv borar,
Zuv-zuv kelar.
Doston o‘qir,
G‘alvir to‘qir.

Topishmoqning javobi
(Ari)

3. Uchib yurgan qarg‘aning
Inin buzib bo‘lami?

Topishmoqning javobi
(Ari)

4. Tutdan bizga ko‘ylak to‘qir.

Topishmoqning javobi
(Ipak kurti)

5. Ko‘k yeb, oltin o‘raydi.

Topishmoqning javobi
(Ipak kurti)

6. Daraxt shoxida sakson tuxum.

Topishmoqning javobi
(Ipak kurti)

7. Bir qushim bor, suyagi yo‘q.

Topishmoqning javobi
(Kapalak)

8. Qanoti bor,
Qoni yo‘q.
Tuxum qo‘yar,
Soni yo‘q.

Topishmoqning javobi
(Kapalak)

9. Ovhu laylak, uvhu laylak,
Suvdan o‘tar, suyaksiz laylak.

Topishmoqning javobi
(Kapalak)

10. O‘zi yo‘qdek,
Tovushi o‘qdek

Topishmoqning javobi
(Qora chigirtka)

11. O‘tirishi o‘ymoqday,
Baqirishi toyloqday.

Topishmoqning javobi
(Qora chigirtka)

12. O‘tirishi tulkiday,
O‘t yeyishi yilqiday.

Topishmoqning javobi
(Chigirtka)

13. Arangday-parangday,
Ikki ko‘zi zaparangday.

Topishmoqning javobi
(Chigirtka)

14. Ho‘kiz shoxli,
Buqa bo‘yinli,
Qiyg‘ir qanotli,
Eshak sag‘irli,
Tuya oyoqli.

Topishmoqning javobi
(Qora chigirtka)

15. O‘zi qora, qanotli,
Shoxlari bor, tirnoqli.

Topishmoqning javobi
(Qo‘ng‘iz)

16. Qora o‘zi, qarg‘a emas,
Shoxlari bor, ho‘kiz emas,
Olti oyoq, tuyoqsiz,
Uchadi, chig‘illaydi,
O‘tirib yer kovlaydi.

Topishmoqning javobi
(Qo‘ng‘iz)

17. Is biladi, it-emas,
In qazlaydi, tulki emas,
Qanoti bor uchadi,
O‘zi qush emas.

Topishmoqning javobi
(Qo‘ng‘iz)

18. Kichkina lo‘li,
Keyiniga yetmaydi to‘ni.

Topishmoqning javobi
(Qo‘ng‘iz)

19. Bir otim bor ajabgina,
Dumlari bor gajakkina,
Hali kelsa ko‘rarsiz,
Qo‘rqa-qo‘rqa o‘larsiz.

Topishmoqning javobi
(Chayon)

20. O‘zlari ajabgina,
Quyro‘qlari gajakkina,
Hali o‘psa ko‘rasan,
Yig‘lay-yig‘lay o‘lasan.

Topishmoqning javobi
(Chayon)

21. Beli-beli belang ot,
Beli nozik kurang ot.
Toqqa minsa toymas ot,
O‘lat teksa o‘lmas ot.

Topishmoqning javobi
(Chumoli)

22. Beli qizday, kurang ot,
Tog‘i toshdan toymagan,
Halov tuya o‘lmagan,
Beli ingichka kurang ot.

Topishmoqning javobi
(Chumoli)

23. Burang-burang, burang ot,
Beli qayqi, kurang ot,
Tog‘u toshdan qayrilmas,
Oyoqlari tayrilmas.

Topishmoqning javobi
(Chumoli)

24. Jinday, jinday, jinday qiz,
Chip tepaga chiqdi qiz,
Bolalarin iyartib,
Undan yuqori chiqdi qiz.

Topishmoqning javobi
(Chumoli)

25. Tog‘dan toymas ot,
Miltiq tegmas ot.

Topishmoqning javobi
(Chumoli)

26. Jonzoq buvam tuyasi
Jar yoqalab yuradi.

Topishmoqning javobi
(Chumoli)

27. U yoqdan, bu yoqdan
Karvon o‘tdi, ko‘rdingmi?

Topishmoqning javobi
(Chumolilar)

28. Uzun tor ko‘cha,
Ichi to‘la lo‘libachcha.

Topishmoqning javobi
(Chumoli uyasi)

29. Qatorma-qator,
Zanjirdek qator.

Topishmoqning javobi
(Chumolilar)

30. Uzun-uzun ulog‘,
Yo‘llarga tuzog‘.

Topishmoqning javobi
(Chumoli)

31. Joni bor, qoni yo‘q,
Er ostida soni yo‘q.

Topishmoqning javobi
(Chumoli)

32. Beli qilday,
Boshi xumday.

Topishmoqning javobi
(Chumoli)

33. Yo‘l ustida go‘ja qaynar.

Topishmoqning javobi
(Chumoli)

34. Mingta qo‘yim sig‘adi,
Bir bog‘ bedam sig‘maydi.

Topishmoqning javobi
(Chumoli uyasi)

35. U yoqqa boradi,
Bu yoqqa boradi,
Bo‘z to‘qiydi.

Topishmoqning javobi
(O‘rgimchak)

36. To‘r bilan o‘rab olgan,
Pashshaga zanjir solgan.

Topishmoqning javobi
(O‘rgimchak)

37. Kichkina-mitti,
Qo‘limga olsam, qovurg‘asi sinib ketdi.

Topishmoqning javobi
(Chivin)

38. O‘zi yo‘qday, botirim,
Ovozi o‘qday, botirim,
Shapaloq yurtga borib,
O‘lib qolgan, botirim.

Topishmoqning javobi
(Pashsha)

39. Chiydim, chiydim, chiydim qush,
Chiy boshiga qo‘ndi qush.
Qirg‘ini keldi, qirildi,
Mahali keldi, tirildi.

Topishmoqning javobi
(Chivin)

40. Is biladi, it emas,
O‘zi kichik, bit emas,
Odamni ko‘p talaydi,
Qon ichib, u to‘ymas.

Topishmoqning javobi
(Kana)

41. Soy ichida saksonboy.

Topishmoqning javobi
(Burga)

42. Qorong‘i tom ichida
Qora buzoq dirkillar.

Topishmoqning javobi
(Burga)

43. Albar-jalbar yo‘rtib yurar,
Ushlay desam, hurkib ketar.

Topishmoqning javobi
(Burga)

44. Pichagina bo‘yi bor,
Takakidan to‘ni bor.

Topishmoqning javobi
(Burga)

45. To‘qay ichida to‘ng‘iz.

Topishmoqning javobi
(Bit)

46. Chel tagida qurbaqa.

Topishmoqning javobi
(Bit)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting