Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar

Sayyoramizning hayvonot olami sinoatlarga to’la, shu sababli sizlarni hayratlantirishi mumkin bo’lgan hayvonlar haqida bir nechta qiziqarli faktlar bilan tanishtirib o’tamiz.

HAYVONLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

1. Filning tishlari 9 kg`gacha tosh bosishi mumkin.
2. Delfinlar nafaqat ochiq ko’z bilan uxlaydi, balki ularda miyaning yarmigina «uxlaydi». Qolgan qismi atrofdagi voqealardan ogoh bo’lib turadi.
3. Yer sayyorasida oq karkidonlardan atigi 3 nafar qolgan. Hozirda ularning har biri tinimsiz qo’riqlanadi.

4. Jirafalarda ovoz boylamlari mavjud emas, shu sababli ular «gapira» olishmaydi.

5. Timsohlar tilini chiqara olmaydi.

6. Bu eng noodatiy kapalaklardan biri. Uning noodatiyligi shaffof qanotlari mavjudligida.

7. Tuyaqushning ko’zi uning miyasi o’lchamidan kattaroq.

Tavsiya etamiz: Hayvonlar haqida eng sara topishmoqlar

8. Bo’rilar bir yeyishda 20 kg`dan ortiq go’sht iste’mol qilishlari mumkin.

9. Toshbaliq — eng zaxarli baliq hisoblanadi.

10. Burgut 250 km/soat`dan ortiq tezlikda ucha olishga qodir.

11. Yangi tug’ilgan filning bolasi 100 kg`gacha vaznga ega bo’lishi mumkin.

12. Tilining rangi pushti bo’lmagan yagona it zoti — Chau-chau hisoblanadi.

Tavsiya etamiz  Jahon shou-biznes olamidagi eng qimmat 10 ta musiqiy kliplar

13. Hindistonda 50 milliondan ortiq maymunlar mavjud.

14. Amazonka daryosida noyob bo’lgan pushti delfinlar hayot kechirishadi.

15. Tuya ikki haftagacha suvsiz yurishi mumkin.

Прокрутить вверх