Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabul tartibi

⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabul tartibi tasdiqlandi.

Hukumat qarori (143–son, 06.04.2023-y.) bilan huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga, magistraturasiga va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi.

➡️ Akademiyada oʻqishga qabul “tergov faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (taʼlim olish muddati 3 yil) hamda yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladi.

➖ “Tergov faoliyati” yoʻnalishida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi shaklida tashkil etiladi.

➖ Yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllarida tashkil etilishi mumkin.

📑 Akademiyaga qabul qilishda hujjat topshirgan abituriyentlarning muayyan toifalariga boshqa OTMga kirish uchun nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

➡️ Oʻqitish davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

🗓 “Tergov faoliyati” boʻyicha bakalavriat bosqichiga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish uchun tanlov qabul yilining 1-fevraligacha (istisno tariqasida, 2023/2024 oʻquv yili uchun – 2023-yil 15-aprelgacha) eʼlon qilinadi.

🔖 Batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun Nizom bilan tanishib chiqing!

Tavsiya etamiz  OTM test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov e'lon qilindi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi qabul tartibi yuklab olish

Прокрутить вверх