Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriatiga qabul boshlandi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriatiga qabul boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar bermoqda.

🔰 2023-yil 6-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 143-son qarori qabul qilindi.

📌 Mazkur qarorda Akademiyaning “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

✅ Shu sababli Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” bo‘limi ochilib, talabgorlarni ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.

🖥 Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 3-may kuniga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi.

🔗 Qabul bo‘yicha to‘liq ma’lumot tanishishingiz mumkin:

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriatiga qabul tartibi 

Tavsiya etamiz  Test sinovlari natijasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Прокрутить вверх