Hurmatli rus tili o‘qituvchilari!

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Hurmatli rus tili o‘qituvchilari!

Xalq ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi ilmiy-tekshirish instituti hamda Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika Universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “Klass” loyihasi doirasida o‘tkazilgan sinovlar natijasida talabgorlar tomonidan qo‘lga kirtilgan rus tilini bilish darajasini belgilovchi TRKI S1 sertifikatlari yetib kelganligini ma’lum qilamiz. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Ushbu sertifikatlar egalariga tegishli xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan bir hafta ichida tarqatiladi.

Sertifikatlarni joriy yilning 24 fevralidan boshlab maktabingizga qarashli xalq ta’limi bo‘limlaridan shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz bilan olishingiz mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, hukumatning tegishli qaroriga asosan joriy yilning fevral’ oyidan boshlab TRKI S1 sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim tili rus tili bo‘lmagan maktablar va sinflarda dars beradigan rus tili o‘qituvchilari sertifikat berilgan sanadan boshlab 2 yil davomida oylik ish haqlariga 50 foiz ustama olishga haqlidirlar.

Xabar berganimizdek chet tillari B2 va unga tenglashtirilgan sertifikatlar uchun toifa olishda imtiyozlar beriladimi bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting