Tavsiya etamiz
Xabaringiz bor 2021-2022 o’quv yilidan boshlab kasbiy jodiy imtihon topshiradigan abituryentlar uchun 3 fan qo’shildi yani majburiy fanlar qo’shildi. Savol Ijodiy imtihon topshiradiganlar ham ro‘yxatdan o‘tishda Imtihon uchun to‘lov qiladimi?
JAVOB: Ha, to‘lov qiladi (agar o‘tgan yillarda bitirgan bo‘lsa).
Ma’lumki, test sinovi o‘tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, liseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 122 ming 500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak.
O‘tgan yillarda ushbu to‘lovdan faqat kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar ozod qilinar edi. Ammo joriy yilda qaysi yo‘nalishga hujjat topshirganidan qat’i nazar, barcha abiturientlar 3 ta fandan majburiy test topshiradi.
Shunga ko‘ra, faqat kasbiy (ijodiy) imtihoni bor yo‘nalishga topshirgan abiturientlar ham 122 ming 500 so‘mlik to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— joriy yilda maktab, kollej, liseyni tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar.
ESLATMA: to‘lovni amalga oshirmagan abiturientlar test sinovlariga qo‘yilmaydi. Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 22 iyulga qadar (o‘sha kuni ham) to‘lansa bo‘ldi.
My.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun ushbu sahifada batafsil tushuncha berilgan:OTMlarga onlayn hujjat topshirish bo’yicha batafsil yo’riqnoma O’TISH.