Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi.
Respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitishga nomzodlardan arizalar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Ro’yxatdan o’tish uchun 👉 ikkinchitalim.edu.uz saytidan o’tiladi
Mundarija
Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar topshirish tartibi
▪️Bunda nomzodlar platformada:
- Oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
- Diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
- Hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
Ikkinchi mutaxassislikka kimlar hujjat topshira olishadi
Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.
Abituriyentlar uchun tavsiya etamiz:
Maqsadli qabul haqida batafsil ma’lumot bilib oling.