Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli soʼzlarga aytiladi. Maqol oʼzbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli soʼzlashuvda) naql, turklarda ata soʼzi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq soʼzidan olingan. Ushbu sahifada Ilm, kasb-hunar va ilmsizlik haqida maqollar keltirilgan
Аvval bil, keyin qil.
Аvval oʼrgan, keyin oʼrgat.
Аvom tabib — ofati jon.
Аvrasang, oqil boʼlar,
Bovrasang, botir boʼlar.
Аql koʼpga yetkazar,
Hunar — koʼkka.
Barakat — magʼizda,
Hunarli qoʼl — ogʼizda.
Baxt belgisi — bilim.
Behunaming hunari — yalqovlik.
Bilagi zoʼr birni yiqar,
Bilimi zoʼr — mingni.
Bilak bilan bitmagan
Bilim bilan bitar.
Bilgan bilganin ishlar,
Bilmagan barmogʼin tishlar.
Bilgan bitirar,
Bilmagan yitirar.
Bilgan oʼzar,
Bilmagan toʼzar.
Bilgan oʼqir,
Bilmagan toʼqir.
Bildirish uchun bihsh kerak.
Bilim — aql chirogʼi.
Bilim baxt keltirar.
Bilim — davlatdan qimmat.
Bilim — kuchda,
Kuch — bilimda.
BilimJi — olim.
Bilimsiz — zohm.
Bilimliga dunyo yorugʼ,
Bilimsizga — qorongʼu.
Bilimlining bilimi yuqar,
Bilimsizning nimasi yuqar.
Bilishim,
Bilishimga tushar bir ishim.
Bilimsiz kishiga ish yoʼq,
Ilmsiz kishiga osh yoʼq.
Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi.
Bilimsiz xalfa — ekinsiz dala.
Bilmagan ayb emas,
Bilishga tirishmagan ayb.
Bilmagan ishga urinma,
Urinib tuzoqqa ilinma.
Bilmagandan bilgan yaxshi,
Toʼgʼri ishni qilgan yaxshi.
Bilmaganni soʼrab oʼrgangan olim,
Orlanib soʼramagan oʼziga zolim.
Bilmaganning bilagi tolmas.
Bilmas tabib jon olar.
Bilmasang, bilgandan soʼra.
Bir yigitga yetmish hunar oz.
Bir yigitga qirq hunar oz.
Bol tutgan barmogʼini yalar,
Hunari bor — ermagini.
Goʼzallik — ilm-u maʼrifatda.
Davlat tugar, bilim tugamas.
Didli yigit — ilmli yigit.
Dorboz dordan oʼlar,
Morboz — mordan.
Joni borning gʼami bor,
Kasbi-kori nomi bor.
Zehn qoʼysa, ong qoʼnar,
Hunar ortsa, ish unar.
Zehn qoʼysang bilimga,
Ilm tomar dilingga.
Ilm — aql bulogʼi,
Аql — yashash chirogʼi.
Ilm baxt keltirar,
Bilim taxt keltirar.
Ilm — yorugʼlik,
Jaholat — zuimat.
Ilm izlagan yetar,
Izlamagan — yitar.
Ilm istasang, takror qil.
Ilm koʼp, umr oz,
Keragini oʼqi.
Ilm olish — nina bilan quduq qazish.
Ilm olishning erta-kechi yoʼq.
Ilm topmay, maqtanma.
Ilm — tubsiz quduq.
Ilm — egarlangan ot,
Bilganga — doʼst,
bilmaganga — yov.
Ilm oʼlchovi — aql,
Zehn oʼlchovi — naql.
Ilm qogʼoz qatida emas, miya qatida.
Ilmi borni yosh dema,
Ilmi yoʼqni bosh dema.
Ilmi yoʼqning koʼzi yumuq.
Ilmli odam — ilikli suyak.
Ilmli olar, Ilmsiz oldirar.
Ilmli uy — charogʼon,
Ilmsiz uy — zimiston.
Ilmlining soʼzi — oʼq.
Ilmni mehnatsiz egallab boʼlmas.
limning avvali achchiq,
Soʼngi — totli.
Ilmsiz bir yashar,
Ilmli ming yashar.
Ilmsiz bosh qashir,
Xushomadgoʼy gap tashir.
Ilmsiz imomdan tuxum qilmaydigan tovuq yaxshi.
Ilmsiz kishi oʼlimga yaqin.
Ilmsiz olim — toʼqimsiz eshak.
Ilmsizga ishonch yoʼq,
Hunarsizga quvonch yoʼq.
Ilm-u hikmat suvni yondirar.
Ilm-u hunar yelga emas, elga.
Imoni yoʼqning burdi yoʼq.
Yigit husni — hunar.
Kasb—kasb, tubi—nasib.
Kasbning yomoni yoʼq.
Kitob — aql qayrogʼi.
Kitob koʼrmagan kalla —
Giyoh unmagan dala.
Kitobsiz aql — qanotsiz qush.
Koʼrib bilish yaqinni,
Oʼqib bilish uzoqni.
Meros moli toʼzadi,
Merosli hunar oʼzadi.
Miltiq koʼtargan bilan ovchi boʼlmas,
Dagʼdagʼa solgan bilan — dovchi.
Mulla bilganin oʼqir,
Boʼzchi bilganin toʼqir.
Mulla bilganin oʼqir,
Tovuq koʼrganin choʼqir.
Mulla boʼlsang, takror qil,
Dehqon boʼlsang, shudgor qil.
Ogohlikni koʼrdan oʼrgan,
Donolikni — ilmdan.
Oz-oz oʼrganib usta boʼlur.
Ozdan yigʼilib daryo boʼlar,
Soʼrab-soʼrab dono boʼlar.
Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol.
Ota kasbi — davlat kasbi.
Ota hunari — bolaga meros.
Otolmagan yoy tanlar.
Otolmagan ovchi yoyidan koʼrar.
Piligi yoʼq chiroq yonmas,
Biligi yoʼq yigit yaramas.
Piling kuchli boʼlguncha,
Biliming kuchli boʼlsin.
Poxoldan somon chiqmas,
Qoʼpoldan olim chiqmas.
Saʼva ishi — sayramoq,
Hoʼkiz ishi — xirmon yanchmoq.
Tasbeh agʼdarganning bari mulla emas,
Tayoq tutganning bail choʼpon emas.
Tekin boylik axtarguncha,
Oʼzingga bop hunar top.
Teshik idish suvda bilinar,
Bilimi oz kishi — sinovda.
Tikansiz gul boʼlmas,
Mashaqqatsiz — hunar.
Tikkan chevar emas,
Bichgan — chevar.
Til bilgan yoʼlda qolmas.
Usta, ishni qilar puxta.
Usta koʼrmagan shogird
Har maqomga yoʼigʼalar.
Ustadan shogird oʼzar.
Ustani shogird sindirar,
Pistani — poʼchoq.
Ustoz koʼrgan xat tank.
Ustozsiz shogird — jonsiz kesak.
Uchishga qanot kerak,
Oʼqishga — toqat.
Uchqundan qoʼrqqan temirchi boʼlmas.
Uquvsiz ishboshi boʼlsa,
Baqir-chaqirdan chiqmas.
Chalasavod — chirik rabot.
Chechanning — tili,
Chevarning — qoʼli.
Chumchuq soʼysa ham, qassob soʼysin.
Shayxning hunari boʼlmasa, xonaqoh tang.
Shogird ustadan oʼtmasa, ish yitar.
Shogirdiga tosh bergan tosh olar,
Bosh bergan bosh olar.
Shogirding oqil boʼlsa, boshingda toj,
Shogirding erka boʼlsa, boshga tayoq.
Shogirdning befarosati
Ustozni muttaham qilar.
Er yigit deb kim aytar,
Yovda yalov yiqmasa.
Chechanhgin kim maqtar,
Dovda uni chiqmasa.
Er koʼrki — bilik,
Suyak koʼrki — ilik.
Yuz tuman oltindan hunar yaxshi.
Yuz hunarni chala bilgandan
Bir hunarni toʼla bil.
Yuzga kirsang, yuz yil oʼqi.
Yuzga kirsang ham, hunar oʼrgan.
Yuziga qarama, bilimiga qara.
Yamoqchining ishini suvoqchi bilmas.
Yaxshi bilsang ishingni,
Yaxshilar silar boshingni.
Oʼlmagan — qoʼshiqchi,
Erinmagan — eshikchi.
Oʼnga olgin, birga sot,
Oting chiqsin savdogar.
Oʼrganish — bir hunar,
Oʼrgatish — ikki hunar.
Oʼrdak boʼlmay, gʼoz boʼl,
Bilim olib, soz boʼl.
Oʼqigan — guliston,
Oʼqimagan — goʼriston.
Oʼqigan — yorugʼ,
Oʼqimagan — choriq.
Oʼqigan — olim,
Oʼqimagan — oʼziga zolim.
Oʼqigan oʼqdan oshar,
Nodon turtkidan shoshar.
Oʼqigan oʼqigan emas,
Uqqan — oʼqigan.
Oʼqigan oʼgʼil otadan ulugʼ.
Oʼqiganing oʼzingga.
Oʼqiganning oshi — pishirigʼlik.
Oʼqiganning oshigʼi — olchi.
Oʼqiganning tili — ikki.
Oʼqimagan shu damda,
Turtinar har qadamda.
Oʼqimagan — yalang oyoq,
Baayni bir quruq tayoq.
Oʼqimay mulla boʼlgan,
Choʼqimay qargʼa boʼlar.
Oʼqish boshqa, uqish boshqa.
Oʼqish — jafoli, keti — vafoli.
Oʼqish yaxshi,
Uqish undan ham yaxshi.
Oʼquvi bor ulgʼayar,
Uquvi yoʼq sargʼayar.
Qadam qoʼy asta-asta,
Qadam yetguncha ilm ista.
Qaigʼaning hunari boʼlsa, tezak yemasdi.
Qattiq baqirgan bilan qoʼshiqchi boʼlmas.
Qiz bilagini shimarar,
Turli ipakhimarar.
Qizning koʼrki — noz,
Yigitning koʼrki — hunar.
Qirsiz yer boʼlmas,
Hunarsiz — er.
Quyma aql boʼlmasa,
Turtma aql hech boʼlar.
Qunt bilan oʼrgan hunar,
Hunardan rizqing unar.
Qoʼyingni qassobga soʼydir,
Oʼlikni murdashoʼga yuvdir.
Qoʼyni qassob soʼysin,
Oshni oshpaz pishirsin.
Qoʼli hunarsiz — non gadoyi.
Har ish oʼz ustasidan qoʼrqar.
Har ishning bir ustasi bor,
Har ustaning bir ustozi bor.
Har kasbning oʼz gashti bor.
Har kimning ishi emas uloq ulamoq,
Madrasaga borib tuproq yalamoq.
Har kimning kasbi — oʼziga.
Har hunarning oʼz siri bor,
Har ishning oʼz yeri bor.
Hunar oshatar,
Mehnat yashnatar.
Hunar — bir, pardoz — qirq.
Hunar boʼlsa qoʼlingda,
Non topilar yoʼlingda.
Hunar — zar, hunarsiz — xar.
Hunar oshxoʼrga osh berar,
Nonxoʼrga — non.
Hunar — oqar buloq,
Ilm — yonar chiroq.
Hunar tagida hunar bor.
Hunar — tuganmas xazina.
Hunar toʼygʼizar,
Ot mindirib, toʼn kiygizar.
Hunar, hunardan unar.
Hunari borning oltin bilagi bor.
Hunari yoʼq kishidan
Bigizi bor yamoqchi yaxshi.
Hunari yoʼq kishining,
Mazasi yoʼq ishining.
Hunari yoʼq erkakdan ignasi bor xotin yaxshi.
Hunarli yigit — mevali daraxt.
Hunarli kishi och qolmas.
Hunarli moy oshar,
Hunarsiz loy oshar.
Hunarli er xor boʼlmas,
Doʼst-dushmanga zor boʼlmas.
Hunarli oʼlmas,
Hunarsiz kun koʼrmas.
Hunarlining hunari
Murodiga yetkazar.
Hunarsizning yurari
Qaro yerga yetkazar.
Hunarmandning noni — butun.
Hunarni oʼrgan,
Oʼrganda, chiran.
Hunarni oʼrganib qoʼysang,
Sendan osh-non tilamaydi.
Hunarsiz tezdan, hunarli xez yaxshi.
Hunarsizning qirqimi uzun,
Hunarlining — bichimi.